Mustaqillikning 32 yilligi munosabati bilan harbiy qismda bayram tadbiri o‘tkazildi

25.08.2023, 16:42

Mustaqillikning 32 yilligi munosabati bilan harbiy qismda bayram tadbiri o‘tkazildi

O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan O'zLiDeP Navoiy viloyati hududiy partiya tashkiloti tomonidan Navoiy shahridagi O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli Markaziy harbiy okrugining 20022 harbiy qism majlislar zalida xarbiy xizmatdagi askarlar orasida “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostidagi targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, O‘zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi xodimlari, O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli markaziy harbiy okrugining 20022 harbiy qism mas’ullari ishtirok etishdi.

Tadbirda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Eshniyozov ma’ruza qilib, o‘z so‘zida mustaqillik ulug‘ ne’mat ekanligi, yurtimizda olib borilayotgan oqilona siyosat va amaliy islohotlar tufayli mamlakatimiz xalqaro maydonda obro‘ qozonib o‘z o‘rniga ega bo‘lib, butun dunyo e’tirof etayotganligi, jahon hamjamiyati bilan samarali hamkorlik o‘rnatilib, bu borada ochiq, do‘stona hamda pragmatik siyosat olib borayotganligi, mamlakatimizda Yangi O’zbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda ulkan ishlar boshlanib yuborilganligi, jamiyat qurilishi va davlat siyosati “inson-jamiyat-davlat” tamoyili asosida olib borilayotganligi to‘g‘risida ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, tadbirda O’zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligiga qarashli markaziy harbiy okrugining 20022 harbiy qism mas’ul xodimi O.Qosimov so‘zga chiqib, mustaqillik tufayli yoshlarning ta’lim olishi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari, sport, adabiyot va boshqa sohalarda o‘z iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tdi

Tadbir so‘ngida harbiy qism askarlari tomonidan berilgan savollarga tegishli javoblar berildi hamda ularga partiyaning targ‘ibot materiallari taqdim etildi.

  • Ko'rildi
    397
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+