BPTda qutlug‘ sanaga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
29.08.2023, 14:29

Eng aziz, eng ulug‘ bayram-mamlakatimiz mustakilligining 32 yilligi Romitan tumanining har bir maxallasi, korxona va tashkiloti va mehnat jamoalarida "Yangi xayot uchun, yangi O’zbekiston uchun" shiori ostida keng nishonlanmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri tumandagi yirik tadbirkorlik sub’ekti "WBM Romitex" masuliyati cheklangan jamiyatida ham o‘tkazildi. Tadbirda mahalliy Kengash deputatlari, O’zLiDeP faollari,mahalliy xokimlik va ijro hokimiyati idoralari mas’ullari, korxona ishchi va xizmatchilari ishtirok etdilar.
Tumandagi peshqadam tadbirkor ayollar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hamda yangi adabiyotlar ko‘rgazmalari ham tadbir ishtirokchilariga katta qiziqish uyg‘otdi.
Bugungi kunda bir ming nafar xotin – kizning bandligi ta’minlangan mazkur korxonada tashkil etilgan tadbirda bayram dasturxoni yozilib, milliy taom- osh tortildi. Korxonada faoliyat yuritib kelayotgan mehnat peshqadamlari hamda bir qator ehtiyojmand ishchi ayollarga bayram sovg‘alari topshirildi.
Tadbirda mahalliy san’atkorlar ijrosida yangragan mustaqil Vatanimizni, ona yurtimizni, tinchlik va yoshlikni madx etuvchi qo‘shiqlar barchaga zavq-shavq ulashdi. Tadbirda so‘z olgan yoshi ulug‘ insonlar o‘z hamyurtlarini qutlug‘ sana bilan muborakbod etib, vatanimiz osmoni hamisha musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lishini Yaratgandan so‘rab duoga qo‘l ochdilar.
O'xshash yangiliklar
-
Ishsiz xotin-qizlarga mahorat darsi tashkil etildi
10.11.2023, 15:52
-
Maslakdoshlarimiz safi o‘smoqda
25.10.2023, 12:03
-
Buxoro shahrida O'zLiDeP tayanch bo‘g‘inlari soni 98 taga yetdi
23.10.2023, 16:04
-
Tadbirkorlik sub’ektida partiyaning yangi quyi bo‘g‘ini ish boshladi
10.10.2023, 17:09
-
Tashviqotlar davomida yangi BPT faoliyati yo‘lga qo‘yildi
21.09.2023, 17:21
Fikringizni qoldiring