Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

08.09.2023, 17:39

Tadbirkor va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi

O’zLiDeP Namangan shahar Kengashi tomonidan Namangan davlat pedagogika institutida "Biz bir bo‘lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - Vatanmiz!" shiori ostida tadbirkor va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.

Tadbirda Namangan shahar Kengashi apparat rahbari S.Gapparova, "Faol tadbirkor" ko‘krak nishoni sohibasi, Namangan shahridagi «Silk Granat» xususiy korxonasi rahbari Djabbarova Marina Devidovna hamda institut talaba yoshlari ishtirok etishdi.

"Hech bir ishga, mavqega osonlikcha erishib bo‘lmaydi. Barchasi o‘zingizning mehnatingiz, harakatingizga bog‘liq. Men qila olmayman deb o‘tirsangiz, siz aniq qila olmaysiz. Maqsadingizni aniq qilib, unga bor kuchingizni sarflang. Osonlikcha erishilgan narsalar, osonlikcha ketadi", deydi tadbirkor Marina Djabbarova.

Tadbirda o‘quvchi yoshlar tomonidan berilgan qiziqarli savollar va ularning javoblari bilan yuqori kayfiyatda o‘tdi.

  • Ko'rildi
    158
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+