Tadbirkor muvaffaqiyatga erishishning muhim omillari haqida gapirdi
11.09.2023, 16:37

Termiz shahridagi “Geniy-Termiz” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, “Do‘stlik” ordeni sohibi, O’zLiDeP Termiz shahar kengashi deputati Gennadiy Kravchenya bilan tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlar hamda aholi vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Gennadiy Kravchenya tadbirkorlik faoliyati, erishgan yutuqlari, muvaffaqiyatlarining muhim omillari haqida ishtirokchilarga gapirib berdi. Yoshlar hamda aholi vakillarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytardi.
– Har qanday ishda muvaffaqiyatga erishishning asosiy omillari izlanish, sa’y-harakat, mashaqqatli mehnat, eng asosiysi, omilkorlik bilan ish yuritishda, – deydi tadbirkor G.Kravchenya.
Bu kabi uchrashuvlar tadbirkorlikni endi boshlagan, tadbirkorlikka qiziqqan yoshlarning tadbirkorlik borasidagi bilim va tushunchalarini boyitishga, biznesga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qilmoqda.
O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
140 turdagi mebel mahsulotlari ishlab chiqarayotgan O’zLiDeP faolining yillik daromadi 11,4 mlrd. so‘mni tashkil etadi
06.10.2023, 14:02
-
Deputatlar tadbirkorlarning takliflarini o‘rgandi
29.09.2023, 15:47
-
Tadbirkorlar muvaffaqiyatga erishish sirlari bilan o‘rtoqlashdi
22.09.2023, 15:22
-
Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi
21.09.2023, 17:22
-
Tajribali tadbirkor olotlik yoshlar bilan uchrashdi
14.09.2023, 11:37
Fikringizni qoldiring