“O’zbekiston–2030” strategiyasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda

20.09.2023, 17:56

“O’zbekiston–2030” strategiyasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda

“O’zbekiston–2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O’zbekiston-2030” strategiyasini 2023 yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini keng aholi vakillari, partiya a’zolari orasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

O'zLiDeP Toyloq tuman Kengashi va tuman hokimligi bilan hamkorlikda tashkil qilingan tadbirda xalq deputatlari tuman Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari, partiya Faxriylar Kengashi faollari, hokim yordamchilari, Yoshlar yetakchilari va xotin - qizlar faollari ishtirok etishdi.

Tadbirda O'zLiDeP Toyloq tuman Kengashi raisi, tuman Faxriylar Kengashi a’zosi Z.Avazov so‘zga chiqib, “O’zbekiston-2030” strategiyasini 2023 yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilab berilgan vazifalar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

Ta’kidlandiki, strategiyada belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar barcha soha vakillari shuningdek, tadbirkorlar uchun shart-sharoit yaratish, yangi-yangi loyihalarni amaliyotga tatbiq etish, islohotlarni jadallashtirishga ko‘maklashish borasida zimmamizga ulkan vazifalar yuklaydi.

Akmal Mirzoyev,

O'zLiDeP Toyloq tuman Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    134
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+