Deputatlar faoliyati tanqidiy tahlil qilindi

04.10.2023, 14:47

Deputatlar faoliyati tanqidiy tahlil qilindi

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Jizzax viloyat Kengashida joriy yilning o‘tgan to‘qqiz oyi davomida amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish va ayni paytdagi dolzarb vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Partiya viloyat, tuman, shahar Kengashlari mas’ullari, mahalliy Kengashlardagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari ishtirok etgan tadbir tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgani bilan alohida ajralib turdi.

O’tgan vaqt davomida amalga oshirilgan yutuq va muvaffaqiyatlar e’tirof etilgan holda, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil qilindi, ularni bartaraf etish borasida fikr-mulohazalar umumlashtirildi. Joylardagi Boshlang‘ich partiya tashkilotlari, mahalliy kengashlar faoliyatini yanada jonlantirish, mahalliy Kengashlardagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

Tadbir davomida mahallalarda, fermer ho‘jaliklarida, korxona va muassasalarda targ‘ibot tadbirlarini jonlantirish, partiya safiga fidoiy, tashabbuskor a’zolarni jalb qilish borasida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xolbek Asatov,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    133
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+