Deputat saylovchilarning murojaatini hal qildi

05.10.2023, 15:39

Deputat saylovchilarning murojaatini hal qildi

O’zLiDeP faollari va deputatlari joylarga chiqib, odamlar bilan bevosita muloqotda bo‘lyapti, aniqlangan muammolarni yechimini opishga harakat qilishmoqda.

Bu borada andijonlik deputatlarimiz ham o‘z faolligini ko‘rsatib kelmoqda. Xususan, Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “A.Jomiy” MFY aholisi o‘zlari ishonch bildirib saylagan deputat Iftixorjon Djurayevga murojaat qilib, hashar yo‘li bilan qurilayotgan yangi mahalla guzari uchun yordam so‘rashgan. Deputat mahalla guzarini tezroq qurib bitkazish uchun barcha kerakli qurilish materiallari bilan ta’minlab berishda amaliy yordam ko‘rsatdi.

Shuningdek, xalq vakili “Xon” MFYda yashovchi aholi vakillarining ham murojaatini chetda qoldirmadi. Deputat ko‘magida qabriston ichidagi ariqlar beton qilinib, latok holatiga keltirildi. Bundan mahalla aholisi mamnun bo‘lishmoqda.

Xalq vakillari joylarda o‘zlari saylangan hudud saylovchilari bilan yuzma-yuz muloqot qilish orqali ko‘tarilgan murojaatlarni o‘z vaqtida bartaraf etishda tashabbus ko‘rsatmoqda.

  • Ko'rildi
    152
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+