Strategiyaning tibbiyot yo‘nalishidagi vazifalar ijrosi o‘rganilmoqda

05.10.2023, 15:41

Strategiyaning tibbiyot yo‘nalishidagi vazifalar ijrosi o‘rganilmoqda

“O’zbekiston - 2030” strategiyasida aholi salomatligini ta’minlash bo‘yicha ham aniq vazifalar belgilab berilgan. Unga ko‘ra yurtdoshlarimizning o‘rtacha umr davomiyligini oshirish, aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yanada yaqinlashtirish, bolalar o‘rtasidagi irsiy kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirish, onalar va bolalar o‘limini qisqartirish, sog‘lom bolalikni ta’minlash, onkologik kasalliklarni erta aniqlash va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish, yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, sog‘lom va faol keksalikni ta’minlash, aholi orasida to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda tibbiyot sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish singari aniq vazifalar amalga oshirilishi maqsad qilingan.

Strategiyadagi mazkur vazifalar ijrosini o‘rganish maqsadida partiya deputatlik guruhlari vakillari tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib, bu yerda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu shifoxonada Strategiyada belgilangan hamda tibbiyot sohasiga oid vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirib o‘tdilar.

  • Ko'rildi
    226
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+