Sirdaryolik maktab-internat bitiruvchilari korxonada tajriba almashdi

05.10.2023, 16:08

Sirdaryolik maktab-internat bitiruvchilari korxonada tajriba almashdi

Bugun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar va maktab-internatlari bitiruvchilariga zamonaviy kasb-hunar o‘rgatish muhim vazifalarimizdan hisoblanadi.

Shu munosabat bilan O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi va Guliston tuman IMI hamkorligida“MILI TYeKS SIRDARYo” fabrikasiga tashrif buyurishdi. Ushbu fabrika Guliston tumanida joylashgan bo‘lib, ip kalava ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan. Fabrikada 4 smenada 600 nafar ishchi mehnat qiladi. Korxonada ishchilar uchun bir qator qulayliklar yaratilgan. Masalan, ularni uylaridan olib kelib, olib borib qo‘yishi uchun maxsus transportlar, bepul ishchi kiyimlari, issiq ovqat bilan ta’minlanganligini misol qilib keltirishimiz mumkin. Bu yerda tez kunlarda 1 000 nafar aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Maktab o‘quvchilari korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, amaliy tarafdan chuqur bilimlarga ega bo‘ldilar. Mazkur fabrika hamda Guliston tuman IMI o‘rtasida o‘quvchilarni bandligini taminlash bo‘yicha memorandum imzolangan bo‘lib, internatda tahsil olayotgan 48 nafar bitiruvchilarni kasbga yo‘naltirish va amaliy mashg‘ulotlar borasida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Tashrif yakunida bo‘sh ish o‘rinlari borasida malumotlar berildi va o‘quvchilar bu yerda ishlash istaklarini bildirdilar.

  • Ko'rildi
    127
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+