Tajribali tadbirkor yoshlarga biznesning sir-asrorlarini o‘rgatdi

10.10.2023, 17:02

Tajribali tadbirkor yoshlarga biznesning sir-asrorlarini o‘rgatdi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida O`zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlar bilan ishlash bo‘limi tamonidan tashkil etilgan uchrashuvda partiyamizdan saylangan Nukus shahar Kengashi deputati Mirat Qasimov va partiyamiz faoli yosh tadbirkor «Biogumus» fermer xo‘jaligi rahbari Sherzod Niyazimbetov talabalarga o‘z tajribalarini bayon qilib, o‘z sir-asrorlarini o‘rgatdi.

-Tadbirkor bo‘lishingiz uchun sizda ikkita sifat bo‘lishi shart, birinchisi tavakkalchilik, ikkinchisi sabr-toqat. Suvga tushmay turib, hech qachon daryodan kechib o‘ta olmaysiz. Suvga sakrasam cho‘kib ketmaymanmi? Suza olamanmi ohirigacha? - deb sohilda turganingiz bilan savolingizga javob ololmaysiz. Javobni bilish uchun suvga sakrab ko‘rish kerak, - deydi «Biogumus» fermer xo‘jaligi rahbari Sherzod Niyazimbetov.

Yosh tadbirkor uchrashuv davomida o‘z tajribalari asosida juda ko‘p foydali ma’lumotlarni talabalarga aytib o‘tdi.

Shuningdek, partiyamizdan saylangan deputat Miyrat Qasimov “O’zbekiston-2030” strategiyasidagi asosiy yo‘nalishlarning biri – barqaror iqtisodiy o‘sish orqali aholi farovonligini ta’minlash borasida yoshlarga ma’lumotlar berdi. Bundan tashqari ta’lim krediti, xotin-qizlar uchun imtiyozli kreditlar, tadbirkorlikni boshlash uchun, bank sohasiga oid va subsidiyalar haqida kengroq ma’lumotlar berdi. Uchrashuv davomida faol ishtirok etgan talabalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Klara Xudaybergenova

O`zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi

Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlar bilan

ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    92
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+