Partiyaviy loyihalar orqali yoshlarning huquqiy bilimlari yanada oshirilmoqda

12.10.2023, 17:57

Partiyaviy loyihalar orqali yoshlarning huquqiy bilimlari yanada oshirilmoqda

O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan «Parlamentda yoshlar o‘rni» loyihasi doirasida Geologiya fanlari universiteti talaba-yoshlar ishtirokida partiyaning g‘oyaviy maqsadlari, yoshlarni huquqiy bilimlarini yanada oshirish va ularning intellektual salohiyatining o‘sishga ko‘maklashishga qaratilgan davra suhbati tashkil qilindi.

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i, Yoshlar parlamenti Raisi o‘rinbosari O.Sobitov Partiya saylovoldi platformasida belgilangan vazifalar hayotga tatbiq qilinayotganligi, partiya tizimida istiqbolli yosh kadrlar zahirasi shakllantirilishi, yoshlarda qonunchilik tashabbusi ruhini yanada shakllantirish, bu jarayonga faol ishtirok etishi kerakligini ta’kidladi.

Shuningdek, Geologiya fanlari universiteti talaba yoshlari tomonidan bugungi kunda siyosiy partiyalarning o‘rni va mohiyati, Parlamentdagi islohotlar yuzasidan fikrlar tinglandi.

  • Ko'rildi
    136
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+