Qonliko‘llik saylovchilar o‘z deputatidan mamnunmi?

16.10.2023, 12:23

Qonliko‘llik saylovchilar o‘z deputatidan mamnunmi?

Xalq vakillari aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyiga chiqqan holda bartaraf etish maqsadida o‘zlari saylangan mahallalarda saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

O’zLiDePdan Xalq deputatlari Qonliko‘l tuman Kengashi deputati Kamiljan Djumaniyazov joriy yilning o‘tgan davri davomida o‘zi saylangan hududda amalga oshirgan ishlarini sarhisob qildi.

Xalq vakili o‘z hududida 12 marta o‘z saylovchilari bilan uchrashdi, xonadonma-xonadon yurib, saylovchilarning muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida o‘rganish ishlarini olib bordi. Jumladan, saylovchilar tomonidan 21 ta murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shundan 6 ta murojaat shu yerning o‘zida hal qilingan. 15 ta masala nazoratga olinib, tuman hokimligi, tegishli mutasaddi tashkilot vakillariga 15 ta deputat so‘rovi yuborildi. Tumandagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 25 ta oila holidan homiylar bilan hamkorlikda xabar olindi. 

Deputat Budjet, iqtisodiy islohotlar, investitsiyalar, innovatsiya va turizm masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi sifatida ham qator tashabbuslarni ilgari surib kelmoqda. Yig‘ilishlarda muhokama qilingan masalalarda o‘z takliflarini bildirib, muhim masalalar yuzasidan nazorat-tahlil tadbirlarida ham faol qatnashib kelmoqda.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    82
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+