“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

17.10.2023, 15:02

“Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

O'zLiDeP Samarqand viloyat hamda shahar Kengashi tomonidan Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida O‘zLiDeP ning “Yangi avlod kadrlari” loyihasi doirasida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda universitetdagi BPT a’zolari, talabalar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda O`zLiDeP Samarqand shahar Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari-apparat rahbari F.G’aybullayev tomonidan loyiha hamda O`zLiDePning dasturiy maqsad va vazifalari targ‘ib etilib yoshlarga tushuntirildi va partiya tomonidan olib borilayotgan amaliy ishlar, partiyaga a’zo bo‘lish tartiblari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida partiyaning Samarqand shahar Kengashi deputatlik guruhi rahbari, Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati B.Raxmonov hamda O‘zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari J.Sayfuddinovalar tomonidan “O’zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori mazmun-mohiyati yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

  • Ko'rildi
    86
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+