Qishloqlardagi muammolar yechimida deputatning hissasi katta

17.10.2023, 15:16

Qishloqlardagi muammolar yechimida deputatning hissasi katta

Haqiqiy deputat qanday bo‘lishi kerak degan savol, zimmasidagi mas’uliyatni chuqur his qiladigan, el-yurt hurmatini qozongan xalq noiblari faoliyatiga nazar solishga, ular tajribasini o‘rganishga undaydi.

Zomin tumanidagi 36-“Navoiy” saylov okrugi hududida Navoiy, “Gulshan” QFY, “Nurlikent”, “Qo‘shtol”, “Yoshlik” va “Peshag‘or” mahalla fuqarolar yig‘inlari joylashgan bo‘lib, mazkur hududda jami 30 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi.  E’tiborli tomoni,  ularning ko‘pchiligi xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi rahbari  Erkin Xolmatovni  qat’iyatli, elparvar, shu hududdagi aholining quvonchi tashvishlarini yaxshi biladigan tajribali rahbar va xalq noibi sifatida yaxshi bilishadi. Maslakdosh deputatimiz odamlar bilan yaqindan, samimiy muloqot qilish, mahalla faollari va oqsoqollar bilan bamaslahat ish qilishni, o‘z saylovoldi dasturiga kiritilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishning eng sinalgan usuli, deb biladi.

Tajribali deputatimiz tomonidan joriy yilda mazkur hududlardagi turli xil muammolarni partiyaviy vositalar bilan hal qilish maqsadida mutasaddi tashkilotlarga 83 ta deputatlik so‘rovi chiqarildi. Aholi va yuridik shaxslar tomonidan qilingan 51 ta murojaatlarning aksariyati  ijobiy yechimini topdi, vaqt talab qiladigani deputatlik nazoratiga olindi.  Deputat ko‘magi bilan amalga oshirilgan ishlar salmog‘ini ko‘rgan aholi hududagi har bir muammoli masalani hal qilishda xalq noibi bilan maslahatlashishni ma’qul ko‘rishmoqda. 

Ayni paytda Navoiy MFY hududida joylashgan Otchilik bazasi, Boshpeshag‘or, Beshbuloq, Xatap, Arja qishloqlaridagi ichki yo‘llarni shag‘allashtirish, elektr energiyasi ta’minotidagi kamchiliklarni bartaraf etish, qishloqlarga tortilgan ichimlik suvi tarmog‘ini xonadonlarga kiritib berish, sel yo‘llariga osma ko‘prik qurish, bolalar  va sport maydonchalari bunyod etish borasidagi muammolarni bartaraf etishga kirishildi.

Ularning ba’zilari kelgusi yil davlat dasturiga kiritilgan bo‘lsa, zudlik bilan bartaraf etish lozim bo‘lgan muammolar deputat nazoratiga olingan.

Ta’kidlash lozimki, Erkin Xolmatov kabi fidoyi deputatlarimiz tomonidan aholiga munosib turmush sharoiti yaratib berish, borasida  amalga oshirilayotgan bu sa’y harakatlar, joylarda yaqinda yigirma yilligini nishonlaydigan O’zLiDePning mavqei va obro‘si oshishiga ham xizmat qilmoqda.

Xolbek ASATOV,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Siyosiy ta’lim va

deputatlik guruhlari bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    80
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+