Jizzaxlik talabalar ishtirokida “O‘zLiDeP yoshlar bilan” loyihasi dorasida ochiq muloqot tashkil etildi

24.10.2023, 17:07

Jizzaxlik talabalar ishtirokida “O‘zLiDeP yoshlar bilan” loyihasi dorasida ochiq muloqot tashkil etildi

Ayni paytda Jizzax viloyat Kengashi tarkibidagi o‘z saflariga 102 640 nafar maslakdoshlarni birlashtirgan 1011 ta boshlang‘ich partiya tashkiloti faoliyat olib bormoqda. E’tiborli tomoni, partiya faollarining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil qilayotgan yoshlar ishtirokida viloyatda O‘zLiDePning bir qator istiqbolli loyihalari doirasida turli xil tadbirlar, uchrashuvlar, ochiq muloqotlar tashkil qilish xayrli an’anaga aylangan.

“O‘zLiDeP yoshlar bilan” loyihasi dorasidagi shunday tadbirlardan biri – Jizzax Davlat pedagogika universitetida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi yoshlar bilan ishlash bo‘limi mudiri Otabekxo‘ja Sobitov, partiya viloyat Kengashi faollari va talaba yoshlar ishtirok etdilar.

Ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan tadbir davomida talaba yoshlarga “O’zbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan maqsad va vazifalarning mohiyati atroflicha talqin qilib berildi. Hamda ushbu maqsad va vazifalarni hayotga tadbiq etish uchun amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, unda maslakdoshlarimiz, jumladan, “Yoshlar qanoti” guruhi faollarining ishtirokiga to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir davomida partiya faollari talabalarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob berib o‘tdilar.

Sirojiddin Axmatov,

O‘zLiDeP Jizzax vilot hududiy partiya tashkiloti

Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash

bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    121
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+