Qashqadaryolik talaba-yoshlar volontyorlik faoliyatiga katta qiziqish bildirdi

25.10.2023, 12:09

Qashqadaryolik talaba-yoshlar volontyorlik faoliyatiga katta qiziqish bildirdi

O‘zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi tomonidan Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot institutida volontyorlik faoliyati va uning foydali jihatlari mavzuiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi. Partiya xodimlari, “Yoshlar qanoti” faollari, yoshlar parlamenti a’zolari hamda OAV xodimlari ishtirok etgan anjumanda so‘zga chiqqanlar volontyorlik bilan shug‘ullanish inson, ayniqsa yoshlar hayotida juda foydali va qimmatli tajriba bo‘lishi, bu ijtimoiy vazifa shug‘ullanuvchilarning aksariyati talabalar bo‘lgani uchun, ularda liderlik, muloqot qilish, ochiq fikrlash ko‘nikmalarni shakllanishi, o‘ziga munosib kasb tanlashda yaqindan yordam berishini alohida ta’kidlashdi.

- Bugungi kunda Qashqadaryoda 108 ming 89 nafar partiya a’zolari bo‘lib, shundan 55 ming 729  nafarini yoshlar tashkil etadi, -dedi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi mudiri Ulug‘bek Javliyev. - “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat Dasturini bajarish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar, Xalq deputatlari viloyat, shahar, tuman Kengashi   deputatlari bilan hamkorlikda joylarda  yoshlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari o‘tkazilib, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayapti. Voha yoshlari partiyamiz tadbirlarida qatnashib, o‘zlarining siyosiy bilimlarini muttasil oshirib bormoqdalar.

Shuningdek, davra suhbatida “O’zbekiston-30” strategiyasining mazmun-mohiyatini yoshlarga, elektorat vakillariga sodda, xalqchil tilda va usulda yetkazish, targ‘ibot ishlari samaradorligini va ta’sirchanligini oshirish,   har bir yosh Yangi O’zbekiston, uchinchi Renessans poydevorini barpo etishda faol ishtirok etishlari borasida taklif va mulohazalar bildirildi. 

  • Ko'rildi
    73
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+