Farg‘onada «Yosh tadbirkorlar ligasi» loyihasi doirasida uchrashuv tashkil qilindi

26.10.2023, 17:27

Farg‘onada «Yosh tadbirkorlar ligasi» loyihasi doirasida uchrashuv tashkil qilindi

O’zLiDeP Farg‘ona viloyat Kengashi hamda shahar Kengashi hamkorligida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida tajribali tadbirkorlar ishtirokida talaba yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yurtimizda tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tdilar Yosh tadbirkor I.Qurbonaliyev o‘z tajribasini yoshlar bilan o‘rtoqlashdi. Tadbirkorlikning sir-asrorlar haqida aytib berdi. Unversitetda tahsil olayotgan talabalar uchun  O’zLiDeP bilan hamkorlikda biznes marafon tashkil etishni taklif qildi.

Uchrashuv savol-javob tarzida qizg‘in davom etdi.Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan atroflicha javoblar olishdi.

  • Ko'rildi
    78
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+