Yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan mahorat darslari tashkil qilindi

27.10.2023, 16:50

Yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan mahorat darslari tashkil qilindi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Madaniyat saroyida O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, Markaziy bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi, tijorat banklari mutaxasislari, sug‘urta tashkiloti vakillari, yetakchi tadbirkorlar va yoshlar ishtirokida moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha mahorat darsi tashkil qilindi.

Tadbir avvalida yoshlarning moliyaviy savodxonligi tekshirildi. Mutaxassislar ushbu savodxonlik faqat o‘z daromadiga ega ishchi qatlam uchungina emas, katta hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlar uchun ham muhimligini ta’kidladilar. O’quv tadbirda moliyaviy savodxonlik haqida asosiy tushunchalar, pullarni to‘g‘ri sarflash, pul jamg‘arish, ishlatilmaydigan mablag‘lardan foydalanish, kreditlar, xavfsizlik, sug‘urta va tadibrkorlik bo‘yicha asosiy bilimlar berildi.

Partiyaning faol a’zosi yosh tadbirkor “«Biogumus» fermer xo‘jaligi rahbari Sherzod Niyazimbetov ham o‘zi yosh bo‘lishiga qaramay o‘z faoliyati  bilim va tajribalardan kelib chiqib, talaba yoshlarga tadbirkorlikning o‘ziga xos sir-asrorlarini tushuntirib o‘tdi. Bundan tashqari tadbir davomida talaba yoshlar orasida tadbirkorlikka oid interaktiv uyinlar ham tashkil qilindi.

Qolaversa eng faol ishtirok etgan talaba yoshlarga Markaziy bank tomonidan sertifikatlar, bank mahsulotlari bo‘yicha yo‘riqnomalar hamda moliyaviy savodxonlikka oid kitoblar tarqatildi. Eng faol  ishtirok etgan talaba yoshlar partiya safiga a’zolikka qabul qilindi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    96
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+