Talaba yoshlarning yashash sharoitlari bilan tanishildi

27.10.2023, 16:56

Talaba yoshlarning yashash sharoitlari bilan tanishildi

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar bilan ishlash va biznes tuzilmalari bo‘limi tashabbusi bilan Talabalar shaharchasi hududidagi talabalar yotoqxonasida yashayotgan yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Partiya vakillari talaba yoshlarning yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar. Talabalar yotoqxonasida yoshlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, u yerda ma’naviyat xonalari, dars qilish uchun kompyuterlar, elektron kutubxonalar tashkil qilingan. Ma’naviyat xonasida haftasiga har kuni turli xil mashg‘ulotlar o‘tkazilib turilishi yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan hisoblanadi. Ayniqsa, zakovat klublari, she’riyat, ingliz-rus  tili to‘garaklari, shaxmat-shashka o‘yinlari o‘tkazilib turiladi.

Talaba yoshlar bilan suhbatda ularni qiynayotgan muammo va takliflari ham tinglandi. Partiya faoliyati va “Yoshlar qanoti” tomonidan amalga oshirilib kelinayotgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Targ‘ibot natijasida 15 nafar yoshlar partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirdi.

  • Ko'rildi
    114
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+