Deputatlar maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi

01.11.2023, 17:48

Deputatlar maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi

Davlatimiz rahbarining “O’zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “O’zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida partiyamizning uzoq muddatli chora-tadbirlar rejasi asosida shakllantirilgan ishchi guruhi qator partiyaviy loyihalar, nazorat tahlil tadbirlari o‘tkazmoqdalar. Xalq deputatlari Qarshi shahar kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari shahardagi maktablarni 2023-2024 yil kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarligini o‘rgandilar. Shaharda 53 ta maktab bo‘lib, 50 ming 438 nafar o‘quvchi tahsil oladi. 40 ta maktabgacha ta’lim muassasasida esa 40 ming 258 bolalar tarbiya olishmoqda.

Deputatlar ta’lim muassasalarida bo‘lib, maktab rahbariyati va o‘qituvchilar bilan muloqot chog‘ida elektr energiyasi, tabiiy gaz va qattiq yoqilg‘idan tejamli foydalanish madaniyat belgisi ekanligi hamda mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishi borasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi. Ishchi guruhi tarkibidagi soha mutaxassislari tomonidan zaruriy maslahatlar, tegishli tavsiyalar berildi. Sinfxonalarning holati, zamonaviy orgtexnika va o‘quv jihozlari bilan ta’minlanganligi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Ayrim bilim maskanlarida kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarli ishlariga yetarli e’tibor qaratilmaganligi, isitish tizimi, qozonxonalardagi kamchiliklar deputatlarning nazaridan chetda qolmadi.

- Shahardagi Turkiston ko‘chasida joylashgan, 771 o‘rinli 3-maktab kuz-qish mavsumi davomida tabiiy gaz bilan isitiladi,- deydi Xalq deputatlari Qarshi shahar kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Arziqul Sherov. - Bilim maskanidagi ahvol nihoyatda achinarli. Qish oylarida tabiiy gaz bosimi past bo‘lgani uchun sinfxonalar yetarli darajada isitilmasligini bilishsa-da, maktab rahbariyati isitish qozonlarini ko‘mirga moslashtirish haqida o‘ylab ham ko‘rishgani yo‘q. Maktabda o‘yingoh yo‘q bo‘lgani uchun jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari sinfxonalarda o‘tiladi. Nurash arafasida turgan 30 metrlik maktab hovli devori tezroq qayta qurilmasa, bolalar hayotiga xavf solishi mumkin. Chiqindilar vaqtida olib ketilmayotganligi sababli bilim maskani hududida noxush hid bor. Maktab rahbariyati tozalik haqida jiddiy bosh qotirishlari kerak. Obodonlashtirish ishlari ham talabga javob bermaydi.  Guruhimiz a’zolari shahardagi bir nechta maktabda ana shunday ayanchli ahvolga duch kelishdi. Maktab rahbarlariga kuzgi-qishki mavsum tayyorgarlik borasidagi kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi. 

Shuningdek, deputatlar maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati, aholi xonadonlaridagi tabiiy gaz, elektr ta’minoti, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan ham tanishdilar. Mavjud kamchiliklar ko‘rsatilib, ularni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga ko‘rsatmalar berildi.

 

  • Ko'rildi
    71
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+