Nogiron jamiyatning faol a’zosiga aylanishi kerak!

02.11.2023, 17:13

Nogiron jamiyatning faol a’zosiga aylanishi kerak!

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi yig‘ilishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda sog‘liqni saqlash  viloyat boshqarmalari boshliqlarining hisobotlari eshitildi. Viloyat kengashi deputatlari, mas’ul xodimlar ishtirok etgan yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Farruh  Turdiyev hisobot berdi.  

-Viloyatimizda 92385 nafar nogironligi bor fuqarolar bo‘lib, 40872 nafarini ayollar, 51513 nafarini erkaklar tashkil etadi, - dedi Farrux Turdiyev. – Tibbiy maslahat komissiyalari tomonidan 30432 ta tibbiy hujjatlar taqdim etilgan bo‘lib, ularning 942 tasida xato va kamchiliklar aniqlangan. Mazkur komissiya tomonidan o‘tgan 9 oy davomida 13 419 nafar nogironligi bor shaxslarni ishga joylashtirish uchun tuman, shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlariga yo‘llanmalar berilgan. Shuningdek, 88 nafar nogironlar ham qayta kasbga tayyorlash uchun yuborilgan. Ularni kasb-hunar o‘rganganligi va ish bilan ta’minlanganligi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan monitoring qilib borilmoqda. Nogironligi bo‘lgan shaxslar orasida parasport bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan hamda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish layoqati mavjudlarni ko‘rik ishi bilan solishtirilib, “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron tizimiga yo‘naltirilayotir. Viloyatda sportga layoqatli 10-35 yoshgacha nogironligi bo‘lgan 6 498 nafar shaxslar mavjud. 78 nafar nogiron bolalar uyda Inklyuziv ta’lim olishyapti. Joriy yilning 1 oktabr holatida 1 100 nafar muhtoj fuqarolar Reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlanishdi.

Yig‘ilishda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Nurbek Hakimovning boshqarma tomonidan o‘tgan 9 oy mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti ham tinglandi. Uning ta’kidlashicha, vohada bugungi kunda 319 ta davlat tibbiyot muassasalari faoliyat olib boradi. 55ta statsionar xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarda 9546 ta shifo o‘rinlari mavjud. Shuningdek, 1ta viloyat SEO va JSXM va uning 16 ta hududiy bo‘linmalari, 248 ta ambulator muassasalar mavjud bo‘lib, shundan, 106 tasi oilaviy shifokorlik punktlari, 86 tasi oilaviy poliklinikalar, 16 ta ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar, 130 ta mahalla tibbiyot punktlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Prezident qaroriga asosan investitsiya dasturi doirasida 6 ta tibbiyot muassasalarini ta’mirlash va jihozlash uchun 2023 yilda ajratilgan limit 52,512 mlrd. so‘mni tashkil etib, shulardan 2 tasi foydalanishga topshirilgan.

Yig‘ilishda partiya vakillari so‘zga chiqib, ko‘pchilik fuqarolar Tibbiy maslahat komissiyalariga qatnab sarson bo‘layotganligi, hech qanday imtiyoz bermaydigan 3-guruh nogironligini tugatish zarurligi, bemorlarni nogironlik aravachalari bilan ta’minlash, yashash sharoitlarini yaxshilash,  nogironlar uchun maxsus ish joylari yaratish borasidagi muammolarni bartaraf etish, ularni jamiyatning teng huquqli a’zosiga aylantirish uchun  qilinishi lozim bo‘lgan ishlarni yanada yaxshilash borasida o‘z takliflarini bildirdi.

 O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

Matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    70
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+