Mahalladagi ishsiz yoshlarning muammolari bosqichma-bosqich hal qilinyapti

06.11.2023, 18:56

Mahalladagi ishsiz yoshlarning muammolari bosqichma-bosqich hal qilinyapti

O`zLiDeP Yunusobod tumani Kengashi vakillari va deputatlar mahalladagi yoshlar bilan ochiq muloqot qildi. Bu borada tumanda yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi.

Tumandagi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini harid qilish xarajatlarini qoplash yo‘nalishida 35 nafar yoshga 342 mln 735 ming so‘m berildi. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish bo‘yicha to‘lov-kontrakt summasining bir qismini to‘lab berish yo‘nalishida 264 nafar yoshga 1 mlrd 399 mln 820 ming 920 so‘m to‘lab berildi. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning ahvoli og‘ir bo‘lgan bemor farzandlariga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog‘liq xarajatlar 18 nafar yoshga 185 mln so‘m ajratildi.

“Bir marotabalik moddiy yordam ko‘rsatish” yo‘nalishda 213 nafar yoshga 277 mln so‘m berildi. Ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi o‘quv kurslari uchun 114 nafar yoshga 202 mln 989 ming so‘m to‘lab berildi. Yunusobod tumanning 64 ta mahallasida “Yoshlar balansi” asosida 14-30 yoshdagi 70 ming 824 nafar yoshlar tahlil qilinib, 3 ta toifaga ajratib olindi. Ular bilan manzilli ishlash bo‘yicha mas’ullar biriktirilib,  tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Tumanda ishsiz, norasmiy band va vaqtincha mehnat qobiliyatiga ega bo‘lmagan ijtimoiy muammolari mavjud yoshlar soni jami 41 ming 994 nafar (59 foiz) bo‘lib, ular bilan manzilli ishlash, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini hal etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun mas’ul etib, tuman bo‘limlari va tashkilotlar rahbarlari (jami 13 nafar) biriktirildi.

Shuningdek, tumanda davlat va xususiy sektor hamda ta’limda band bo‘lgan iqtidorli yoshlar soni jami 28 ming 830 nafar (41 foiz) bo‘lib, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, intilish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun mas’ul etib, tuman bo‘lim va tashkilotlari rahbarlari jami 13 nafar biriktirilgan.

Darhaqiqat, har jihatdan barkamol rivojlangan, erkin fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy qrashlarga ega yigit-qizlarni tarbiyalash usuvor vazifa sanaladi. Yoshlarning iste’dod va qobiliyati, ezgu intilishlarini to‘liq ro‘yyobga chiqarish, ijtimoiy faolligini oshirish, hayotda munosib o‘rin egallashlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish bosh maqsadlardan bo‘lib qolaveradi.

Tadbir jarayonida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Yoshlar o‘rtasida partiyaga a’zo bo‘lish istagini bildirgan bir guruh faol yoshlar partiya safiga qabul qilindi.

  • Ko'rildi
    124
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+