Xorazmlik mutasaddi rahbarlar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bo‘yicha axborot berdi

09.11.2023, 16:59

Xorazmlik mutasaddi rahbarlar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bo‘yicha axborot berdi

Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi eshituvi tashkil etildi. Unda mas’ul tashkilotlar vakillari deputatlarga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari, xususan, muhandislik kommunikatsiya tizimlarini barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz, issiqlik ta’minoti, ichimlik va issiq suv resurslarini yetkazib berish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Hisobotga ko‘ra, iste’molchilarni mavsum davomida uzluksiz tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida 14,5 km gaz quvurlarini rekonstruksiya qilish, viloyat bo‘yicha 26 ta gaz sozlagichlarni mukammal ta’mirlash ishlari to‘liq bajarilgan. Bundan tashqari viloyatdagi 7451 ta gaz taqsimlash qurilmalarini taftish qilish ishlari ham oxiriga yetkazilgan

Shuningdek, bugungi kungacha 523,8 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari va 201 dona transformator punktlari yangidan qurish va rekonstruksiya qilish ishlari bajarilgan bo‘lsa, joriy  yil yakunigacha yana 110,1 km elektr uzatish tarmoqlari hamda 71 dona transformator punktlarida yangidan qurish va rekonstruksiya qilish ishlari bajarilishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, ichimlik suvi ta’minoti tarmoqlarining barqaror ishlashi uchun tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasiga asosan 5,45 km uzunlikdagi markazlashgan ichimlik suv tarmoqlari, 8 ta ichimlik suv nasoslarini joriy va mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.

Aholi xonadonlarining mahalliy ko‘mirga bo‘lgan extiyojlarini qondirish uchun 44 417 tonna mahalliy ko‘mir aholiga tarqatildi. Ijtimoiy soha muassasalariga 17 114 tonna mahalliy ko‘mir yoqilg‘isi  yetkazib berilgan.

Eshituvda deputatlarning savollariga viloyatdagi mutasaddi idoralar vakillari javob berdilar. Deputatlar ularning e’tiborini ijtimoiy soha ob’ektlari va boshqa toifadagi iste’molchilarga zarur miqdorlarda energetika resurslarini yetkazib berish bo‘yicha muntazam ravishda  o‘rganishlar olib borish lozimligini alohida qayd etdilar.

Muhokamalarga boy bo‘lgan yig‘ilishda deputatlar har bir masalani atroflicha muhokama qilib, ustuvor vazifalarni belgilab oldilar. Har bir  deputatlar o‘zi saylangan okrugda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini doimiy nazorat qilib, aniqlangan kamchiliklarni soha mutasaddilari bilan hamkorlikda joyida hal qilib borilishi kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

  • Ko'rildi
    96
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+