Artizan quduqlari va suv nasoslari quyosh panellari orqali elektr toki bilan ta’minlanish lozimligi aytildi

10.11.2023, 17:00

Artizan quduqlari va suv nasoslari quyosh panellari orqali elektr toki bilan ta’minlanish lozimligi aytildi

O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan “O’zbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan joylarda jamoatchilik nazorati tadbirlari tashkil qilinmoqda.

Strategiyada bir qancha ustuvor maqsadlar va 5 ta asosiy vazifa belgilangan bo‘lib, ulardan biri suv resurslarini saqlash va atrof-muhitni muhofaza qilishdir.

Suv resurslarini tejash borasidagi islohotlar doirasida respublikada suvdan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, sug‘orish tizimi va suvni tejovchi texnologiyalarni rivojlantirish, “yashil energiya”ni keng joriy etish doirasida xususiy sektor boshqaruvi va davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish hamda “yashil energiya” texnologiyalarini keng joriy etish doirasida nasos stansiyalari tomonidan elektr energiyasi iste’molini kamaytirish rejalashtirilgan.

Bu borada olib borilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida O‘zLiDeP Xorazm viloyat Kengashi vakillari, deputatlik guruhi a’zolari Yangibozor tumanida bo‘ldidar.

Tumanda 994 gektar bug‘doy va 309 gektar paxta dalariga yomg‘irlatib va tomchilatib suvg‘orish texnalogiyalari o‘rnatish rejalashtirilgan. Hozirgacha 18 ta fermer xo‘jaligi yomg‘irlatib sug‘orish texnalogiyalarini dalalarga o‘rnatishgan. 130 ta fermer xo‘jaliklarida 720 kV quvvatli quyosh panellari o‘rnatilgan. Mazkur quyosh panellaridan olinadigan elektr energiyasi yordamida suv nasoslari va yomg‘irlatib suvg‘orish texnikalari va issiqxonalar elektr toki bilan ta’minlangan. Bu esa o‘z navbatida suv va energiya resurslarining tejalishiga olib keladi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, yurtimizda o‘rtacha 300 kun quyoshli bo‘lishini hisobga olsak, quyosh energiyasini turlicha miqyosda va har xil maqsadlarda – elektr energiyasini ishlab chiqarish, issiq suv ta’minoti va isitish, meva va sabzavotlarni quritish va shu kabi ko‘plab maqsadlar uchun ham qo‘llash imkonini beradi.

O’rganishlar davomida partiya vakillari fermer xo‘jaliklarini suv bilan ta’minlaydigan asosiy kanallar va ariqlarni betonlashtirish jarayonlari bilan ham tanishdilar.  Yangibozor tumanida 25 km kanallar va ariqlarni betonlashtirish rejalashtirilgan. Natijada suvning yerga singib ketishining oldi olinadi va suv isrofi kamaytiriladi.

Partiya vakillari aholi o‘rtasida ham “yashil energiya” texnologiyalarini keng joriy etish uchun targ‘ibotlarni kengaytirish, aholining dala tomorqalarida ishlatiladigan artizan quduqlarni va suv nasosolarini quyosh panellari orqali elektr toki bilan ta’minlash energiya tejamkorligiga va elektr energiyasi uchun harajatlar kamayishiga olib kelishini ta’kidladilar.

  • Ko'rildi
    204
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+