Zamonaviy kasb-hunar o‘rganayotgan yoshlar faoliyati bilan tanishildi

22.11.2023, 16:11

Zamonaviy kasb-hunar o‘rganayotgan yoshlar faoliyati bilan tanishildi

“O’zbekiston - 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida partiyaning “Yoshlarning jamoatchilik nazorati” loyihasi doirasida yoshlarning hayotida uchrayotgan muammolarni o‘rganish va tahlil qilish, shu bilan birgalikda ularning mamlakatdagi ijtimoiy va siyosiy masalalar bo‘yicha fikrini o‘rganish asosida davlat va jamoat tashkilotlariga takliflar kiritish maqsadlar ko‘zda tutilgan.

Partiya vakillari Paxtaobod tumanidagi ikkinchi kasb-hunar maktabida bo‘lib, yoshlar bilan muloqot qilindi. Hozirda ushbu maskanda 526 nafar talabalar 5 xil yo‘nalishda tahsil olishmoqda. Bu yerda yoshlarni ta’lim olishlari bilan birga zamonaviy kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlash va ijtimoiy-foydali mehnatga jalb qilish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.

O’quvchilar dars davomida davlat budjeti tomonidan ajratilgan xom ashyolardan unumli foydalanib, o‘z mutaxassisliklarini mustahkamlab bormoqdalar. Qonadolatchi-oshpaz yo‘nalishidagi 11 nafar o‘quvchi qiz tumandagi “Gumbaz” parxez taomlari oshxonasida o‘z ish faoliyatini boshladi. Tikuvchilik yo‘nalishini tamomlagan 48 nafar qiz o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha tumandagi “Baxt textil” korxonasida ish bilan ta’minlandi.

Ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan jamoatchilik nazorati yakuni yuzasidan partiya deputatlik guruhi va doimiy komissiya a’zolari bilan birgalikda o‘rganishlar natijasi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda ishchi guruh a’zosi Mixail Egay so‘z olib, tadbirkorlik, hunarmandchilik yoki kasanachilik bilan o‘z biznesini yo‘lga qo‘yayotgan yosh usta va chevarlarga, shuningdek, barcha yoshlarga yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilash, ularni qo‘llab-quvvvatlash bo‘yicha taklif va mulohazalarini berib o‘tdi.

  • Ko'rildi
    164
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+