O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” faoli yaratgan bionika laboratoriyasi faoliyati bilan tanishildi

29.11.2023, 15:58

O’zLiDeP “Yoshlar qanoti” faoli yaratgan bionika laboratoriyasi faoliyati bilan tanishildi

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi tomonidan Namangan muhandislik-qurilish institutida «Yosh innovatorlar va texnologlar» loyihasi doirasida "Innovatsiyalar—kelajak uchun poydevor" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Partiya shahar Kengashi hamda "Yoshlar qanoti" a’zosi Oyshaxon Qodirova tashabbusi bilan o‘tkazilgan ushbu tadbir dastlab transport fakulteti binosida joylashgan, mamlakatimizda yagona bo‘lgan bionika laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishuvdan boshlandi.

Laboratoriya asoschisi Oyshaxon Qodirova uning ishlash jarayoni, bu yerda yaratilgan sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

- Prezidentimiz Namanganga tashriflari chog‘ida institutimizda “Bionika laboratoriyasi”ni tashkil etish to‘g‘risida taklif bergan edim,-deydi u. - Taklifim e’tiborga olindi va shu yil 10 oktabr kuni bionika laboratoriyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Hozirgi kunda bu joyda talaba hamda maktab o‘quvchi yoshlari uchun o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yildi. Men davlatimiz rahbarining ishonchlarini oqlab, sohani rivojlantirish yo‘lida bilim va salohiyatimni ishga solib, astoydil mehnat qilishga va’da beraman.

Tadbir yoshlarda yaxshi taassurot qoldirdi.

  • Ko'rildi
    77
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+