Keksalar holidan xabar olindi

01.12.2023, 14:14

Keksalar holidan xabar olindi

Hayotda yakka-yolg‘iz, qarovchisiz, o‘zgalar parvarishiga muhtoj, nogironligi bo‘lgan ko‘ngli o‘ksik insonlar doimo davlatimiz e’tiborida bo‘lib, ijtimoiy himoyaga olinadi. Bunday insonlar “Saxovat va Muruvvat uylari”ga joylashtiriladilar.

Bugun Andijon shahridagi “Saxovat uyi”da ana shunday turli millatga mansub fuqarolar istiqomat qilib kelmoqdalar. Ular nafaqat davlatimiz, balki hamyurtlarimizning ham e’tibori va e’zozidadir.

3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni oldidan O’zLiDeP Andijon viloyat kengashi xodimlari, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputatlari bilan birgalikda Andijon shahridagi keksalar “Saxovat uyi”ga tashrif buyurdilar.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad, mehr va e’tiborga muhtoj keksa insonlar holidan xabar olish, ular ko‘nglini ko‘tarish, ular dilidagi niyat va istaklarini bilish bo‘ldi. Tashrif davomida bu maskandagi shart-sharoitlari o‘rganildi.

Partiya vakillari “Saxovat uyi”da yashovchi fuqarolar bilan dildan suhbat qurib, ularga yaxshi kayfiyat ila sovg‘alar ulashdilar. Saxovatpesha yurtdoshlarimiz tashrifidan mamnun bo‘lgan keksalar va “Saxovat uyi” xizmatchilari bu Vatanda inson va uning qadri nechog‘li ulug‘ligini yana bir bor anglab, duolar qildilar.

  • Ko'rildi
    206
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+