Partiyaning o‘tgan yillardagi faoliyati sarhisob qilinmoqda

01.12.2023, 15:18

Partiyaning o‘tgan yillardagi faoliyati sarhisob qilinmoqda

Urganch tumanida O’zLiDeP tashkil topganining 20 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda partiya Xorazm viloyat Kengashi faollari va tarafdorlari, faxriy a’zolari, hamkor tashkilotlar vakillari  ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan viloyat Kengashi raisi Islom Fayzullayev tadbir ishtirokchilarini bayram bilan tabriklab, partiya tomonidan amalga oshirilayotgan tizimli loyihalar ko‘plab yoshlar, ayollarning mamlakat siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotida o‘z o‘rnini topishiga, tadbirkorlar va fermerlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashib kelayotgani, bularning barchasi O‘zLiDePni mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotining ajralmas qismiga aylantirganligini ta’kidladi.

Muhimi, partiya mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida elu yurtni o‘ylantirgan, xalq manfaatlariga bevosita daxldor g‘oyalar, qarashlar bilan o‘rtaga chiqdi. Shu tufayli siyosiy sahnaga kirib kelgan ilk yillardanoq mamlakatdagi yetakchi partiyalardan biriga aylana oldi va o‘tgan yillar davomida ana shu maqomni qo‘ldan bermay kelmoqda.

Partiyamizning yubileyi faqatgina qutlug‘ sana emas. Bu – faoliyatini sarhisob qilib, galdagi vazifalarni belgilab olish uchun bir imkoniyat hamdir. Tadbirda partiya faoliyatini yanada jonlantirish, ilgari surayotgan maqsadlari xalqchilligini oshirish, partiya a’zolarining siyosiy bilimlarini kengaytirish borasida tinimsiz izlanish lozimligi alohida e’tirof etildi.

Partiya ta’mal toshini qo‘yishda hissa qo‘shgan faxriylar so‘z olib, bosib o‘tgan yo‘llari, partiyaning erishgan natijalarini xususida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tadbir yakunida ko‘p yillardan beri ezgu maqsadlar yo‘lida jipslashib,  partiyamiz mavqeini mustahkamlashda beminnat xizmat qilib kelayotgan faollar, faxriylar va hamkor tashkilotlar partiya viloyat Kengashining qimmatbaho sovg‘alari va tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.

  • Ko'rildi
    83
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+