Maqsadimiz aholi manfaatlari uchun xizmat qilishdir

07.12.2023, 15:56

Maqsadimiz aholi manfaatlari uchun xizmat qilishdir

O`zLiDeP Asaka tuman Kengashi tomonidan “O’zbekiston - 2030” strategiyasining  75 - maqsadida ko‘zda tutilgan mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini xalqning chinakam «ovoziga» aylantirish, davlat hokimiyati ijro organlari faoliyatini transformatsiya qilib, hududiy boshqaruvni «aholi manfaatlariga xizmat qilish» tamoyili asosida yo‘lga qo‘yish, shuningdek, 78 - maqsadida Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini «Xalq xizmatidagi davlat» tamoyili asosida ish tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda so‘z olganlar yangi Konstitutsiyada “Inson – jamiyat – davlat” hamda “Inson qadri uchun” tamoyillarining amal qilinayotganligi inson huquqlari ustuvor hisoblangan va qadrlangan davlatda ularni himoya qilish mexanizmlari doimo takomillashtirib, mustahkamlab qo‘yilganligini alohida ta’kidladilar. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, ayniqsa, unda xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning ijtimoiy muhofazasi masalalari haqida yig‘ilganlarga tushunchalar berib o‘tildi.

Pirovardidida partiya faollari Konstitutsiyamiz haqida o‘z fikrlarini bildirib, o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

  • Ko'rildi
    78
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+