Konstitutsiya – Yangi O’zbekiston taraqqiyotining huquqiy asosi

07.12.2023, 17:58

Konstitutsiya – Yangi O’zbekiston taraqqiyotining huquqiy asosi

Navoiy viloyati «Issiqlik manbai» Davlat unitar korxonasida  O’zbekiston  Respublikasi Konstitutsiyasi  qabul  qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – Yangi O’zbekiston taraqqiyotining huquqiy asosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

O’zLiDeP Karmana tuman Kengashi hamda tuman Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda viloyat Kengashi xodimlari  tuman Kengashi deputatilari, Ayollar qanoti faollari ishtirok etdi.

- Bosh qomusimiz inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamiyat hayotining barcha sohalarini izchil liberallashtirish va modernizatsiya qilish, ta’lim, fan, madaniyat hamda ma’naviyat rivojida muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotir, – deydi tuman kengashi deputati Sh.Nosirova. – Bugungi tadbirda mazkur hujjatda mamlakatimizda istiqomat qilayotgan millati, tili, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, barcha fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlangani, yoshlarning ongi va qalbida Konstitutsiyamizga hurmat, Vatan taqdiriga daxldorlik, mas’uliyat hissini yanada kuchaytirish masalalari xususida erkin suhbat qilindi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, uning Yangi O’zbekiston taraqqiyotining huquqiy asosi ekani, fuqarolarning burch va majburiyatlari  batafsil tushuntirildi. 

 

  • Ko'rildi
    118
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+