Yangilangan Konstitutsiya mazmun-mohiyati yoshlarga tushuntirildi

07.12.2023, 18:02

Yangilangan Konstitutsiya mazmun-mohiyati yoshlarga tushuntirildi

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan O’zLiDeP Namangan viloyati Kengashi tomonidan Namangan davlat universitetida "Yangilangan Konstitutsiya – farovon hayot va barqaror taraqqiyot kafolati!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda partiya viloyat Kengashi raisi Orifjon Mahmudov, shahar Kengashi deputati Sohiba Gapparova, universititet prorektori Narimon Dehqanov, profilaktika inspektori hamda talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirni universititet prorektori Narimon Dehqanov kirish so‘zi bilan ochib berdi. So‘ngra yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyadagi aynan yoshlarning ta’lim olishi, ularni iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash borasida kiritilgan qonun loyihalari haqida so‘z yuritdi.

Partiya apparat rahbari Orifjon Mahmudov esa Konstitusiyamizda oliy normativ huquqiy manba sifatida milliy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy masalalari bo‘yicha muhim milliy manfaatlar hamda ustuvor prinsiplar va normalar, shuningdek, mafkuraviy qoidalar ham ifodalanganligi, undagi ijtimoiy munosabatlarning u yoki bu masalalariga doir har bir modda, mohiyat-e’tibori bilan, mazkur munosabatlarning asosiy sub’ekti — inson, jamiyat, davlat himoyasiga qaratilgani haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Partiya Namangan shahar kengashi apparat rahbari, deputat Sohiba Gapparova yoshlarga bilim olishlari, kasb-hunar egallashlari, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozlar xususida  mulohaza qildi.

Tadbir so‘nggida talaba yoshlar yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javob olishdi hamda tadbir tashkilotchilariga minnatdorlik bildirib, siyosiy jarayonlarda, partiya g‘oyalari targ‘ibotida yanada faol ishtirok etishga va’da berishdi.

  • Ko'rildi
    109
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+