BAYRAM DAVOM ETMOQDA

07.12.2023, 18:23

BAYRAM DAVOM ETMOQDA

O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi tashabbusi bilan poytaxtimizning Yakkasaroy tumanida  partiya tashkil topganining 20 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda siyosiy kuchning faxriylari, deputatlar, faollar, OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zLiDeP Toshkent shahar kengashi raisi Ravshan Fozilov ochib berdi. U tadbir qatnashchilarini bayram bilan tabriklab, partiya tomonidan amalga oshirilayotgan tizimli loyihalar ko‘plab yoshlar, xotin­qizlarning mamlakat siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotida o‘z o‘rinlarini topishiga, tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab­quvvatlashga ko‘maklashib kelayotgani, bularning barchasi O‘zLiDePni mamlakat ijtimoiy­siyosiy hayotining ajralmas qismiga aylantirganini ta’kidladi.

– Partiyamizning qisqa, lekin zalvorli kechgan tarixiy davri faqatgina qutlug‘ sana emas, balki faoliyatni sarhisob qilib, istiqboldagi ustuvor vazifalarni ham belgilab olish uchun bir imkoniyatdir, – dedi Ravshan Fozilov o‘z so‘zida. Bugun mamlakat siyosat maydonida yetakchilik maqomiga ega partiyaning tamal toshini qo‘yishdek mas’u liyatli vazifalarni bajarishga munosib hissa qo‘shgan faxriylar so‘z olib, bosib o‘tilgan yo‘llar, erishilgan muvaffaqiyatlar xususida gapirdi.

Tadbir nihoyasida O‘zLiDeP faollari va faxriylar esdalik sovg‘a va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

  • Ko'rildi
    81
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+