Xotin-qizlarning huquqlari to‘liq ta’minlanishi shart

07.12.2023, 18:28

Xotin-qizlarning huquqlari to‘liq ta’minlanishi shart

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi “Ayollar qanoti” tashabbusi bilan, Yashnobod tuman Kengashi, “O’ztransgaz” AJ, IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi hamkorligida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” deb nomlangan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, partiya faollari, IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi, bosh boshqarmasi, “O’ztransgaz” AJda faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirok etishdi.

Tadbirda Qonunchilik palatasi deputati Gulshana Xudoyarova Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tdi, Bosh Qomusimizda xotin-qizlarga berilgan e’tibor to‘g‘risida fikr bildirdi.

IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasining mas’ul xodimlari esa, jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash masalalari, og‘ir ahvolga tushib qolgan ayollarga yordam ko‘rsatish,  xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida hamda tazyiq va zo‘ravonlikga uchragan ayollarga Himoya orderlarining berilishi tartiblari va kimlarga berilishi to‘g‘risida ham keng tushunchalar berildi.

Tadbir jarayonida mavzuga oid videorolik namoyish etildi. Tadbir savol-javoblarga boy bo‘lib ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

  • Ko'rildi
    80
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+