Yangilangan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati tushuntirildi

07.12.2023, 18:32

Yangilangan Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati tushuntirildi

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar bilan ishlash va biznes tuzilmalari bo‘limi hamda O’zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida 8 dekabr – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Ravshan Fazilov, Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Erkin Zaxidov, partiya faollari hamda vazirlik xodimlari ishtirok etdilar.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada yoshlar masalasi alohida bob darajasiga olib chiqilishi Yangi O’zbekistonda yoshlar siyosati ustuvor ekanligiga yaqqol ishoradir. Muloqot davomida Bosh qomusimizda yoshlarga oid yangi normalar aks etganligi batafsil tushuntirib o‘tildi. Yangilangan konstitutsiyamizda ta’lim sohasidagi islohotlarga ham alohida urg‘u berildi.

Xususan, Oliy ta’lim tashkilotlariga akademik erkinlik berilishi, tanlov asosida davlat hisobidan bepul oliy ma’lumot olinishi, nodavlat ta’lim tashkilotlari qo‘llab-quvvatlanishi to‘g‘risidagi qoidalar yosh avlod hayotini yaxshilash, ularning orzu-intilishlarini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy mutaxassisliklarni egallagan holda hayotda o‘z o‘rnini topishi va shaxsiy rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi.

  • Ko'rildi
    83
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+