Qoraqalpog‘istonda mahallalarni bino bilan ta’minlash va moddiy-texnik bazasini yaxshilash borasidagi ishlar tahlil qilindi

13.12.2023, 12:25

Qoraqalpog‘istonda mahallalarni bino bilan ta’minlash va moddiy-texnik bazasini yaxshilash borasidagi ishlar tahlil qilindi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O’zLiDeP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O’zLiDeP fraksiyasi a’zolari, mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishda deputatlar kun tartibidagi to‘rtta muhim masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisobotini eshitdilar.

Dastlab deputatlar Ellikqal’a tumani hokimi S.Avezovning tumanda o‘z xizmat binosiga ega bo‘lmagan mahallalarni xususiy-sheriklik asosida bino bilan ta’minlash hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotini tingladilar. Bugungi kunda Ellikqal’a tumanida 40 ta fuqarolar yig‘inlari bo‘lib, shundan    26 tasi mahalla, 13 tasi ovul va 1 tasi shaharcha fuqarolar yig‘inlari hisoblanadi. Bugungi kunda tumanda 29 ming 900 ta xonadon, 42 ming 206 ta oilalar mavjud bo‘lib, ushbu oilalarda 167 ming 738 nafar turli millat vakillaridan iborat aholi istiqomat qiladi. Tumanda 2023 yilgacha 37 ta mahalla va ovul fuqarolar yig‘inlari mavjud edi. Aholining yashash sharoitini yaxshilash, jinoyatchilikning oldini olish, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Amirobod” ovuli hududida “To‘rtdevor”, “Sarabiy” ovuli hududida “Barhayot”, “Qirqqizobod” ovuli hududida “Burgutqal’a” mahalla fuqarolar yig‘inlari yangidan tashkil etildi.

Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda Ellikqal’a tumanidagi 14 ta fuqarolar yig‘inlari o‘z xizmat imoratiga ega emasligi, keyingi uch yil davomida tuman hokimligi tomonidan fuqarolar yig‘inlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash bo‘yicha hech qanday choralar ko‘rilmaganligi tanqid qilindi.

Prezidentning 2022 yil 25 oktyabrdagi «2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining hisoboti tinglandi.

Hisobotta qayd qilinganidek, shahar va tuman kesimida 289 ta ob’ektda jami 236,5 mlrd so‘mlik qurilish ta’mirlash ishlari olib borilgan. Shundan ichki yo‘llar bo‘yicha 119,2 mlrd.so‘m, ichimlik suvi va oqaba suv ta’minoti 78,5 mlrd.so‘m, elektr ta’minotida 2,6 mlrd so‘m, gaz ta’minotida 854,8 mln.so‘m, sport ob’ektlarida 7,4 mlrd.so‘m va boshqa masalalarda 27,9 mlrd.so‘mlik qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.

Shuningdek, yig‘ilishda hududda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ham mutasaddi rahbarlarning hisoboti tinglandi.

Muhokamalar davomida deputatlar qilingan ishlarni e’tirof etgan holda tanqidiy fikrlarini ham bildirib o‘tdilar, muammolarni o‘z vaqtida hal qilish choralarini belgilab oldilar.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    125
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+