Oliy o‘quv yurtlarining eng faol, tashabbuskor talaba qizlari bilan muloqot qilindi

19.12.2023, 16:17

Oliy o‘quv yurtlarining eng faol, tashabbuskor talaba qizlari bilan muloqot qilindi

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi tomonidan  "Bugungi kun ertangi kun uchun imkoniyat" shiori ostida qizlar forumi tashkil etildi. Unda viloyatdagi oliy o‘quv yurtlarining eng faol, tashabbuskor talabalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘z olganlar viloyatda xotin-qizlarning jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, madaniyat, san’at, shuningdek, tadbirkorlik sohasida o‘rni va mavqei tobora oshib borayotganligini ta’kidlashdi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari xotin-qizlarning oiladagi va jamiyatdagi nufuzini oshirishga alohida e’tibor qaratayotganliklari, ayniqsa, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, mahalliy kengashlarga deputatlikkka nomzodlar ko‘rsatishda ular uchun ajratiladigan kvotalar miqdori yanada oshirilayotganligi, oliy o‘quv yurtlariga  o‘qishga kirgan kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan qizlarga kontrakt pullarini to‘lashda homiylik yordami ko‘rsatilayotganligi, magistraturada o‘qiydigan qizlarning esa kontrakt pullari to‘liq davlat budjeti hisobidan qoplab berilayotganligi, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘layotgan fidoyi qizlar faoliyati haqida so‘z yuritdilar.

-Biz yoshlar, bugungi forumdan katta taassurot oldik,- deydi  Namangan muhandislik-qurilish instituti talabasi, “Yoshlar qanoti” a’zosi Shohida G’ulomjonova. - “Yangi O’zbekiston, yangi hayot uchun”  shiori ostida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni ro‘yobga chiqarishda, xotin-qizlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirishda bor bilim va salohiyatimizni ishga solamiz, millatimizning buyuk momolari To‘maris, Nodirabegim, Uvaysiy, Zulfiyaxonimlar kabi vatanparavar, mard va jasur bo‘lishga, ular boshlagan ezgu ishlarni davom ettirishga so‘z beramiz.

         Forum yakunida O’zLiDeP tadbirlarida, uning maqsadli dastur va g‘oyalarini targ‘ib etishda faol ishtirok ettgan, fidoyi yoshlardan bir guruhi   diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

  • Ko'rildi
    61
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+