Nukusda “Kelajak uchun qadam” shiori ostida yosh siyosatchi qizlar forumi o‘tkazildi

26.12.2023, 12:46

Nukusda “Kelajak uchun qadam” shiori ostida yosh siyosatchi qizlar  forumi o‘tkazildi

O`zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi  tomonidan  Nukus tumani ma’naviyat-ma’rifat markazida “Kelajak uchun qadam” shiori ostida yosh siyosatchi qizlar  forumi bo‘lib o‘tdi.

Forumda “O’zbekiston - 2030” strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, ayniqsa xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi vazifalar, xususan Gender tengligini ta’minlash siyosatini davom ettirish,  xotin-qizlarning  ijtimoiy siyosiy faolligini oshirish, siyosiy lider xotin-qizlarni har tamonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi. 

Unda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda keyingi yillari amalga oshirilayotgan  tub islohotlar, o‘zgarish va yangilanishlar, ayniqsa xotin-qizlarimiz barcha sohalarda faol ishtirok etayotganligi, xususan, tadbirkorlik, ishbilarmonlik va fermerlik sohasida ulkan natijalarga erishayotganligi, yoshlarga O'zLiDeP faoliyati, partiyaviy loyihalarning yoshlar hayotida tutgan o‘rni, xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘zlab berdilar.

Forum davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Klara Xudaybergenova

 O`zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi

Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlar bilan ishlash

bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    73
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+