Partiya hududiy kengashlari faoliyati sarhisob qilinmoqda

03.01.2024, 10:34

Partiya hududiy kengashlari faoliyati sarhisob qilinmoqda

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashining 2023 yil yakunlari sarhisobi hamda 2024 yilda qilinadigan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi Sag‘indiq Turmanov so‘zga chiqib, o‘tgan 2023 yil muhim siyosiy jarayonlarga boy yil bo‘lgani, bunda partiyaning barcha yo‘nalishlarda faollik ko‘rsatganligini alohida e’tirof etdi.

Xususan, o‘tgan bir yil davomida partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi safiga 5 mingdan ziyod a’zolar qabul qilinib, 51 ta tayanch tuzilmalari yangidan ochildi. Hozirgi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 89 mingdan ziyod a’zolar 1 087 ta boshlag‘ich tashkilotga biriktirilgan holda faoliyat olib bormoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 3  nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesida 14 nafar va Xalq deputatlari shahar va tuman Kengashlarida 130 nafar deputatlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Partiya deputatlik guruhlari tomonidan aholi bilan bevosita ishlash, hududlardagi muammolarni jamoatchilik nazorati tadbirlari orqali qator masalalarni hal qilishda jonbozlik ko‘rsatdi.

Partiyaning ayollar va yoshlar yo‘nalishida ham 20 dan ortiq partiyaviy loyihalar amalga oshirilib, xotin-qizlar va yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarga partiya faollari ko‘magida moddiy yordam ko‘rsatish borasida ham ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Yig‘ilishda mazkur qilingan ishlar bilan bir qatorda kamchiliklar ochiq-oydin tanqid qilindi. Bunda partiya va deputatlik guruhlari xalq bilan ishlashda yanada faollik ko‘rsatish, partiyaning boshlang‘ich tashkilotlari va deputatlik guruhlari bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    79
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+