Partiyaning hududiy kengashlari faoliyati sarhisob qilinib, yangi yildagi rejalar belgilab olinmoqda
09.01.2024, 18:03
O’zLiDeP Xorazm viloyat Kengashining o‘tgan yildagi faoliyati tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi va joriy yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilishni partiyaning Xorazm viloyat Kengashi raisi Islom Fayzullayev so‘zga chiqib, o‘tgan 2023 yil muhim siyosiy jarayonlarga boy yil bo‘lgani, bunda partiyaning barcha yo‘nalishlarda faollik ko‘rsatganligini alohida e’tirof etdi.
Xususan, o‘tgan bir yil davomida partiyaning Xorazm viloyat Kengashi safiga 4 mingdan ziyod a’zolar qabul qilinib, 31 ta tayanch tuzilmalari yangidan ochildi. Hozirgi kunda Xorazm viloyati bo‘yicha 105 mingdan ziyod a’zolar 1158 ta boshlag‘ich tashkilotga biriktirilgan holda faoliyat olib bormoqda. Partiya deputatlik guruhlari tomonidan aholi bilan bevosita ishlash, hududlardagi muammolarni jamoatchilik nazorati tadbirlari orqali qator masalalarni hal qilishda jonbozlik ko‘rsatdi.
Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda o‘z o‘rinlarini egallashlariga ko‘maklashish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va shu orqali bandiligini ta’minlash borasida ham ijobiy ko‘rsatkichlarga erishildi.
Yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida ham 20 dan ortiq partiyaviy loyihalar amalga oshirilib, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarga partiya faollari ko‘magida moddiy yordam ko‘rsatish borasida viloyat bo‘yicha 492 tani turli tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirda so‘z olganlar “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da partiya yoshlar bilan ishlash borasida yanada faol bo‘lish, o‘tkaziladigan tadbirda partiya faoliyatini yanada jonlantirish, ilgari surayotgan maqsadlari xalqchilligini oshirish, partiya a’zolarining siyosiy bilimlarini kengaytirish, deputatlarning mahallardagi sayyor qabullarini, xalq bilan muloqotlarini yanada kuchaytirish borasida tinimsiz izlanish lozimligi alohida e’tirof etildi.
Yig‘ilish yakunida tadbirlarni tizimli tashkil qilish, partiya a’zolar safini yanada kengaytirish, partiya loyihalarini yuqori saviyada tashkil etish borasida aniq vazifalar belgilab olindi.
O'xshash yangiliklar
-
Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi - mamlakatimiz rivojidagi yangi imkoniyatlar eshigidir!
04.05.2024, 20:11
-
Baliqchilik ishbilarmon ayollar saralanyapti
04.05.2024, 20:10
-
O‘zaro manfaatli va ishonchli hamkorlik yangi marralarga chorlaydi
04.05.2024, 20:04
-
Ohangarondagi ishbilarmon ayollar faoliyati qo‘llab-quvvatlandi
04.05.2024, 20:01
-
Jondorlik deputatlar va mahalla faollari bilan muloqot qilindi
04.05.2024, 18:01
Fikringizni qoldiring