Yangi O’zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!

12.01.2024, 15:21

Yangi O’zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir!

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan O’zbekiston Respublikasi  Qurolli kuchlari tashkil qilinganiga 32 yilligi  hamda 14 yanvar - Vatan  himoyachilari kuni bayrami  munosabati bilan “Yangi O’zbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak g‘urur va sadoqat timsolidir! mavzusida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida talaba yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar mamlakatimiz barqarorligi va xavfsizligini, sarhadlarimiz daxlsizligini xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishda, Ona vatanimizning tinchligi, xalqimizning farovon turmush kechirishida milliy armiyamizning to‘tgan o‘rni katta ekanligini qayd etdi.

Mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalik bardavom bo‘lsa, sarhadlarimiz daxlsizligi ta’minlansagina  barcha jabhalarda o‘sish, rivojlanish bo‘ladi, buyuk orzu-maqsadlarimiz ro‘yobga chiqadi. Shu ma’noda yurtimiz posbonlarining mas’uliyatli xizmatini har qancha e’tirof etsak, sharaflasak arziydi. 

Uchrashuv davomida mudofaa tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlar, yangiliklar haqida talaba yoshlar bilan fikr almashib, bayram munosabati bilan veteran harbiylarimizga partiya tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    261
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+