O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashining o‘tgan yildagi faoliyati tahlil qilindi

30.01.2024, 10:08

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashining o‘tgan yildagi faoliyati tahlil qilindi

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashining 2023 yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, apparat rahbari Arziqul Sherov so‘zga chiqib, o‘tgan 2023 yil muhim siyosiy jarayonlarga boy yil bo‘lgani, partiya faollari barcha yo‘nalishlarda samarali faoliyat olib borganliklarini alohida ta’kidladi.

O’tgan yil mobaynida partiya quyi bo‘g‘inlari soni 20 taga, a’zolari soni 4132 taga  ko‘paydi. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, jamiyatda o‘z o‘rinlarini egallashlariga ko‘maklashish, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish va shu orqali bandligini ta’minlash borasida ham ijobiy ko‘rsatkichlarga erishildi.  Yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida ham 20 dan ortiq partiyaviy loyihalar amalga oshirilib, yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash, biznes g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash borasida qator amaliy ishlar qilindi. 

Xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida 165 nafar deputat faoliyat olib bormoqda. 2023 yil davomida Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhi va a’zolari tomonidan jami 925 ta deputatlik so‘rovi ijro organlari mansabdor shaxslariga yuborilgan. Bundan 229 tasi viloyat Kengashi deputatlari tomonidan, 696 tasi tuman, shahar  Kengashlari deputatlari tomonidan yuborilgan.

O’tgan davr mobaynida Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi partiya deputatlik guruhlari yig‘ilishlarida 187 ta masala ko‘rib chiqilgan. Partiya viloyat, tuman va shahar deputatlik guruhlari tomonidan doimiy komissiyalar yig‘ilishi kun tartibiga 184 ta, viloyat, tuman, shahar kengashlari sessiyalari kun tartibiga 86 ta masala kiritilgan.  Kiritilgan masalalar bo‘yicha 184 ta doimiy komissiyalar hamda 90 ta Kengash sessiyalari qarorlari chiqarilgan.

Hisobot davrida mahalliy Kengash deputatlari tomonidan jami 804 marotaba saylovchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilingan. O’tkazilgan uchrashuvlarda saylovchilar va aholi tomonidan ko‘tarilgan 726 ta masala deputatlar tomonidan ijobiy hal etilgan. 2023 yil davomida deputatlarga saylovchilar tomonidan jami 788 ta murojaat kelib tushgan, shundan 684 tasiga maqbul yechimlar topilgan, qolgan murojaatlar deputatlar tomonidan nazoratga olingan.

So‘zga chiqqanlar “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da  partiya yoshlar bilan ishlash borasida yanada faol bo‘lish, partiya quyi bo‘g‘inlari faoliyatini yanada jonlantirish, ilgari surayotgan maqsadlari xalqchilligini oshirish, partiya a’zolarining siyosiy bilimlarini kengaytirish, deputatlarning mahallalardagi sayyor qabullarini, xalq bilan muloqotlarini yanada kuchaytirish borasida tinimsiz izlanish lozimligi alohida e’tirof etishdi.  

  • Ko'rildi
    82
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+