Navoiyda yangi quyi bo‘g‘in ish boshladi

31.01.2024, 15:42

Navoiyda yangi quyi bo‘g‘in ish boshladi

Bugungi kunda Quyi Zarafshon ITHB huzuridagi Meliorativ ekspeditsiyasida 74 nafar xodim faoliyat ko‘rsatib kelishmoqda. Viloyatning umumiy yer maydoni 10937 ming gektarni tashkil etib, shundan sug‘oriladigan yer maydoni 123,09 ming gektardan iborat bo‘lib, asosan «Zarafshon» daryosi oqimining quyi qismida joylashgan. Qishloq xo‘jaligida asosiy o‘rinlarni paxtachilik, g‘allachilik va chorvachilik tashkil etadi. Soha xodimlari jonkuyarligi tufayli tegishli  vositalar orqali hududdagi sizot hamda zax suvlarini qochirish, ekin yerlari meliorativ holatini yaxshilash, qolaversa, bino-inshootlarni talab darajasida saqlash, tuproq sho‘rlanishi va boshqa zararli omillarning oldini olishga doir qazish-tozalash, ta’mirlash ishlarini tizimli ravishda olib borishmoqda.

 Tashkilot jamoasi ishtirokida o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari natijasida xodimlarni aksariyati partiya maqsad va g‘oyalariga xayrihohligini bildirib, partiyaga a’zo bo‘lish istagida jamoaviy murojaat bilan chiqishgan edi.

O’zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi vakillari ishtirok etgan yangi “Meliorativ ekspeditsiyasi” nomli boshlang‘ich partiya tashkilotining ta’sis yig‘ilishida yangidan partiya safiga qabul qilingan a’zolarga  a’zolik guvohnomalari taqdim etildi.

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    54
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+