Konstitutsiyaviy tamoyilning mahalliy darajada ijrosini ta’minlashda muhim qadam

08.02.2024, 17:33

Konstitutsiyaviy tamoyilning mahalliy darajada ijrosini ta’minlashda muhim qadam

Ma’lumki, shu kunlarda “O’zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan.

Shu munosabat bilan, O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida Strategiyaning Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish yo‘nalishi bo‘yicha tuzilgan ishchi guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi.

Unda O'zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisi Mavludaxon Xodjayeva, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Umidaxon Zakirova va Zafar Xudayberganovlar hamda partiya Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi apparati xodimlaridan tashkil topgan ishchi guruhi a’zolari, partiya faollari ishtirok etishdi.

Tadbirda Mavluda Xodjayeva ishtirokchilarga “O’zbekiston–2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasining ishchi guruhi maqsadlariga tegishililigi bo‘yicha tushuntirishlar berdi.

Ta’kidlanganidek, Davlat dasturi loyihasining 100 ta maqsad doirasida jami 294 ta vazifalar belgilangan bo‘lib, shulardan 112 tasi, ya’ni 38 foizi Har bir insonga o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish yo‘nalishiga tegishlidir. Ushbu yo‘nalishda maktabgacha, umumiy o‘rta va oliy ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim sohasiga xususiy sektorni keng jalb qilish, sog‘liqni saqlash, xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, bandligin ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida qator ustuvor vazifalar belgilandi.

Muhokamalar davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni yanada qo‘llab-quvvatlash, nafaqaxo‘rlar va nogironligi bor shaxslarga qulayliklar yaratish, aholi bandiligini ta’minlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi. Davlat dasturi loyihasida Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy faolligini oshirish va gender tenglikni ta’minlash yo‘nalishida ham qator vazifalar ko‘zda tutilganligini aytib o‘tildi. Xususan, 2024 yil 1 martdan boshlab yosh xotin-qizlarni tadbirkorlik, marketing, grafik-dizayn kabi zamonaviy kasblarga o‘rgatish uchun “Qizlar akademiyasi” platformasi ishga tushirilishi va bu orqali yosh xotin-qizlar uchun turli tanlov, loyihalar, o‘quv oromgohlari, stajirovkalar tashkil etilishi kabi xayrli maqsad va rejalar belgilab olingan.

Shuningdek, Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar va ularning farzandlarini qo‘llab-quvvatlash borasida ham aniq vazifalar belgilangan bo‘lib, 2 ming nafar jarrohlik operatsiyasiga muhtoj xotin-qizlarni sog‘lom hayotga qaytarish choralari ko‘riladi, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan 10 ming nafar nogironligi bo‘lgan ayollar va bolalarni reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash choralari ko‘rilishi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish davomida ishchi guruhi a’zolari tomonidan Davlat dastrui loyihasiga qator takliflar, fikr-mulohazalar bildirildi va ularni o‘z vaqtida kiritish masalasi ko‘rildi.

 

 

  • Ko'rildi
    36
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+