Mahalla yoshlari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi

13.02.2024, 09:41

Mahalla yoshlari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi

O’zLiDeP  Jizzax viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi faollari tashabbusi bilan Sharof Rashidov tumanidagi “Xavoslik” MFYda “Namunali tomorqachi ayol - farovonlik bunyodkori!” loyihasi  doirasida hududda istiqomat qiluvchi xotin-qizlar uchun navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.

Mazkur mahalladagi 1244 xonadonda 8053 nafar aholi istiqomat qiladi. Hududda 22 nafar tadbirkor ayol faoliyat olib boradi. Ayni paytda bu yerda tomorqachilik, tikuvchilik va boshqa sohalarga xotin-qizlarni jalb qilish, ularni kasb-hunarga o‘qitish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Partiya  faollari tomonidan tashkillashtirilgan “Mahorat darsi” ham ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarning uzviy davomi bo‘ldi.

Amaliy seminar tarzida tashkil etilgan “Mahorat darsi” davomida  tajribali tomorqachi Nafisa Bo‘riyevaning ish tajribasi o‘rganildi.

Nafisa Bo‘riyeva tomorqachilik faoliyati bilan bundan 3 yil oldin shug‘ullanishni boshlagan edi. Ayni paytda oila a’zolari 7,5 sotix maydonda qulupnay ko‘chatlari yetishtirishmoqda.  Xonadondagi kaftdekkina maydondan yiliga 100 milliondan ortiq sof daromad qilish imkoniyati bor.  

Tajribali tomorqachining ish tajribasini o‘rganish uchun jalb qilingan mahalla xotin-qizlari ham buni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib ishonch hosil qildilar. O’zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga javoblar oldilar. Amaliy seminar yakunida Nafisa Bo‘riyeva tomonidan o‘z tomorqalarida qulpnay yetishtirish ishtiyoqida bo‘lgan xotin-qizlarga tekin qulupnay ko‘chatlari tarqatildi.

Saida Umaraliyeva,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

“Ayollar qanoti” guruhi rahbari

 

  • Ko'rildi
    60
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+