Deputat bepul tibbiy ko‘rik tashkilladi

16.02.2024, 17:20

Deputat bepul tibbiy ko‘rik tashkilladi

Xalq deputatlari Karmana tuman Kengashidagi O'zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Moxira Sharipova tashabbusi bilan “Sog‘lom oila-mustahkam oila” loyihasi doirasida tumandagi "Talqoq", “Katta machit” mahalla fuqarolari uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

 Loyiha doirasida tashkil etilgan tibbiy ko‘rik jarayonida o‘z salomatligiga befarq bo‘lmagan aholining muammolari o‘rganilib, 40 nafar fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatildi. Bu fuqarolarning imtiyozli davolanishi, nogironlik masalasi, yuqori texnologik operatsiyalar o‘tkazilishi, sanator-kurort sharoitida salomatligini tiklashlariga, bu jarayonda mahallada “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”ga kirgan fuqarolarni birinchi navbatda sog‘lomlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

—Deputat xalq dardi va tashvishi bilan yashab, og‘riqli muammolarni tizimli o‘rganib uni ijobiy hal eta olsagina,  el orasida obro‘ qozonadi, – deydi tibbiy ko‘rikka ishtirok etgan “Talqoq” mahallasida yashovchi Kumush Suvonova. — Men ham bugun deputatlarimiz ko‘magi bilan salomatligimni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, shifokorlardan tavsiyalar oldim. Bunday ko‘riklar muntazam tashkil etilsa, xalqimiz orasida uchrayotgan turli onkologik va yuqumli kasalliklarning erta aniqlanishiga va oldi olinishiga xizmat qiladi.

Shu kuni tumanning 9 turdagi tor doiradagi yetakchi mutaxassislari tomonidan  yotoq holatida bo‘lgan 3 nafar fuqaroning yashash uylariga ham borib, ular holidan xabar olindi.

Mutaxassislar ularning salomatliklarini tekshirib, o‘z tavsiyalarini berdilar. Yaqinlarining ko‘magisiz mustaqil harakat qilishga qiynalayotgan bu fuqarolar e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘ldilar.

Tibbiy ko‘rik yakunida 12 xil turdagi bepul dorilar aniqlangan kasallik turiga qarab xotin-qizlarga tarqatildi.

  • Ko'rildi
    44
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+