Senator va deputatlar yoshlar bilan ochiq muloqot qildilar

16.02.2024, 17:31

Senator va deputatlar yoshlar bilan ochiq muloqot qildilar

O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar bilan ishlash va biznes tuzilmalari bo‘limi tomonidan Toshkent davlat transport universitetida “Parlamentda mening o‘rnim” loyihasi doirasida uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Oliy Majlis Senati qo‘mita raisi Bahodir Tojiyev,  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Nodir Jumayev, Shaxnoza Xolmaxmatova, partiya faollari va talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tadrijiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Bugun har bir kelajak avlod ko‘nglida Uchinchi Renessans sari dadil qadam tashlab borayotgan Yangi O’zbekistonga munosib bo‘lish, u bilan birga bap baravar qadam tashlash, istiqboli yo‘lida yetakchi yoshlardan bo‘lish, yurtimizda amalga oshirilayotgan  islohotlarga daxldorlik hissini shakllantirish vazifasi ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.

So‘zga chiqqanlar shular xususida to‘xtalib o‘tishar ekan, partiyaning “Parlamentda mening o‘rnim” loyihasi mazmun-mohiyati bilan ham talaba yoshlarni tanishtirdilar. Shundan so‘ng yoshlar bilan ochiq muloqot, savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Yoshlar tomonidan bir qancha takliflar bildirildi. Tadbir so‘ngida O‘zLiDePga a’zo bo‘lgan 10 nafar yoshlarga partiya guvohnomasi topshirildi.

  • Ko'rildi
    79
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+