Muzrabotda aholi bandligi qanday ta’minlanyapti?

19.02.2024, 17:03

Muzrabotda aholi bandligi qanday ta’minlanyapti?

Muzrabot tumanida ham 2023 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholini o‘zini o‘zi band qilishi uchun subsidiya va kreditlar ajratilishi natijasida ko‘plab xonadonlarning daromadi ko‘paymoqda.

O‘zLiDeP vakillari va deputatlardan iborat ishchi guruh ushbu jarayonda yo‘naltirilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi, aholi bandligining ta’minlanish  holatini o‘rgandi.

Xususan, ishchi guruh vakillari tumandagi “Buyuk ipak yo‘li” mahallasidagi tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan xonadonlarda bo‘lishdi.

Ayni paytda 534 ta xonadondan iborat mahallada 2023 yilda ATB “Agrobank” Muzrabot filiali tomonidan yillik 768.0 mln. so‘m miqdorida limit mablag‘i oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratildi. Natijada, 77 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan bo‘lsa, 3 nafarining yakka tartibdagi tadbirkor va oilaviy korxona egasi sifatida ish boshlashiga ko‘maklashildi.

Jumladan, shu mahallada yashovchi O’ktam Musurmonqulovga 33 million so‘mga motoreller, Narzullo Aliqulovga 25 million so‘m kredit mablag‘i evaziga motokultivator olib berildi. Ishchi guruh vakillari ushbu fuqarolarning xonadonida bo‘lib, ular bilan suhbatda bo‘lishdi. Ular mahalladagi aholi tomorqalariga ishlov berish orqali xizmat ko‘rsatishayotgani va buning orqasidan qo‘shimcha daromad qilishayotgani ma’lum bo‘ldi.

Ishchi guruhning jamoatchilik nazorat tadbirlari tumandagi boshqa mahallalarda ham davom etmoqda.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    75
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+