Tomorqa – daromad manbai

20.02.2024, 14:21

Tomorqa  –  daromad  manbai

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi va  partiya Zomin tuman Kengashi  tomonidan  “Tomorqa – daromad manbai” deb nomlangan o‘quv seminari tashkil etildi.

Mahalliy Kengash deputatlari , partiya tuman Kengashi “Ayollar qanoti” guruhi faollari, hamkor tashkilot vakillari  hamda tomorqachilikni daromad manbaiga aylantirish ishtiyoqidagi  yoshlar,  xotin-qizlar  ishtirok etishdi. Tadbirga tajribali sohibkor, “Xavastlik tomorqa xizmati” MChJ rahbari Muzaffar Bo‘riyev ham taklif qilindi.

Seminarda  ta’kidlanganidek,  bugungi kunda  tomorqachilikka bo‘lgan munosabat ham, undagi ish usullari ham keskin o‘zgarib bormoqda. Tomorqa - bir paytlardagidek,  “og‘izga ta’m kiritish” uchungina ko‘katu sabzavotlar ekiladigan bir kaft yer maydoni emas, balki tom ma’noda daromad olish mumkin bo‘lgan sohaga aylanib ulgurdi.

Buni Zomin tumani misolida ham ko‘rsa bo‘ladi. Ayni paytda tumanda 25334 nafar  tomorqachilar  mavjud bo‘lib, ular ixtiyorida jami  2910 gektar yer maydoni mavjud. Xonadonlarda  223 ta issiqxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Zamonaviy agrotexnika usullari asosida mutaxassislar bilan maslahatlashib ish olib borayotgan  va mo‘maygina daromad qilib, oilasi farovonligiga munosib hissa qo‘shayotgan zominlik tomorqachilar safi kundan kunga ko‘payib bormoqda.

O’quv seminari davomida barcha hududlarda  tomorqachilikni yanada  rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni partiyaviy vositalar va hamkorlar yordamida bartaraf etish, yangi issiqxonalar qurish, serdaromad ekin turlarini ekish, ularni sotishga bog‘liq ko‘plab dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Mutaxasssislar  va tajribali tomorqachi Muzaffar Bo‘riyev tomorqachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yayotgan xotin-qizlar va yoshlarga o‘zlarining  kerakli yo‘l-yo‘riq va tavsiyalarini  berishdi.

Saida Umaraliyeva,
O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
“Ayollar qanoti” guruhi rahbari

 

  • Ko'rildi
    34
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+