Deputatlar yoshlar bilan uchrashdi

20.02.2024, 14:25

Deputatlar yoshlar bilan uchrashdi

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi hamda Shahrisabz tuman kengashlari hamkorligida    tuman  yoshlari bilan deputatlarning uchrashuvi tashkil etildi.  Talabalar, “Yoshlar qanoti” a’zolari ishtirok etgan tadbirda so‘z olganlar, partiya dasturiy maqsad va vazifalari, xalq deputatlari tuman kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, deputatlik maqomi,  yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, siyosiy bilimlarini shakllantirish, bandligini ta’minlash borasida amaliyotga tatbiq etilayotgan partiyaviy loyihalar haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Uchrashuvda asosan qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar,  “O’zbekiston – 2030” strategiyasi ijrosini ta’minlash,  ayniqsa, oliy ta’lim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlashga qaratilayotgani qayd etildi. Shuningdek, yosh tadqiqotchilarning ulushini oshirish, barcha yo‘nalishlarda innovatsion faoliyatni keng joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

   - Partiyamiz tomonidan yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi, huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, -dedi tuman kengashi raisi, xalq deputatlari tuman kengashi deputati Arslon Uzoqov. - Yoshlar bandligini ta’minlashda, ularning iqtisodiy mustaqillikka erishishi va hayotda o‘z o‘rinlarini topishida kichik biznes hamda tadbirkorlik sohasining rivojlanishi eng asosiy omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Joriy yil Prezidentimiz tomonidan “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nomlandi. Mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlod vakillarining intilishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, ularni tadbirkorlik sohasiga kengroq jalb etish borasida deputatlarimiz faol ishlashyapti. Bugungi kunda yurtimizda yoshlarning ilm-fan, yuqori texnologiyalarni mukammal egallashlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Deputatlar bilan jonli muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob olishdi.  

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    44
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+