73 nafar a’zosi bo‘lgan BPT faoliyati sarhisob qilindi

24.02.2024, 12:52

73 nafar a’zosi bo‘lgan BPT faoliyati sarhisob qilindi

O'zLiDeP Navoiy shahar Kengashi tarkibida 12794 nafar a’zolarni o‘z ichiga olgan 109 ta boshlang‘ich partiya tashkilotlari mavjud bo‘lib, ularda uyushqoqlik bilan hisobot-saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday yig‘ilishlardan biri 73 nafar partiya a’zolarini birlashtirgan “Mikrokreditbank” Navoiy viloyat filiali huzuridagi partiya quyi bo‘g‘inda ham o‘tkazildi.

Quyi bo‘g‘inning 2023 yil faoliyati to‘g‘risida BPT raisi Hosilov Jaxongirning axboroti tinglandi. Yig‘ilishda so‘zga chiqqan partiya a’zolari o‘tgan davr mobaynida erishilgan natijalar, jumladan, yil davomida 12 nafar yangi a’zolar qabul qilinganligi, deputatlar bilan hamkorlikda 8 nafar quyi bo‘g‘in vakilining murojaati hal etilganligini takidladilar. Shu  bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar xususida ham o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar. Xususan, partiya saflarini o‘stirish, elektorat vakillari muammolarini ijobiy hal etishda ba’zi mahalliy Kengash deputatlari bilan hamkorlikda uzilishlar mavjudligi, bu esa murojaatlarning yechimini topishiga to‘sqinlik qilayotganligi aytib o‘tildi.

Yig‘ilish so‘ngida “O’zbekiston 2030” stradegisida belgilab berilgan ustivor vazifalar va “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturidan kelib chiqqan holda bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

 

Teglar
BPT
  • Ko'rildi
    39
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+